Gvatemalada shifokorlar Siam egizaklarini muvaffaqiyatli ajratishga erishdi. Bu haqda mamlakat poytaxtidagi murakkab operatsiya o‘tkazilgan “Ruzvelt” kasalxonasi direktori Karlos Soto ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
2013-yili Kich departamentida, tub aholi vakillari oilasida tug‘ilgan qizlarning tos suyaklari, qovug‘i va yo‘g‘on ichagi bir bo‘lgan. 60 kishidan iborat mutaxassislar brigadasi ishtirokidagi jarrohlik amaliyoti 18 soat davom etdi. Buning 12 soati ikki organizmni ajratishga ketgan bo‘lsa, qolgan vaqt ichki a’zolarni tiklashga sarflangan.
Ayni paytda qizaloqlar intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgan, ularning holati barqaror deb baholanmoqda.
Izoh (0)