Moskva shahri janubidagi avtoturargohda noma’lum shaxslar olti mikroavtobus va bir yuk mashinasini yoqib yubordi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Avtoturargoh “Yo‘l harakatini tashkil etish markazi” davlat muassasasiga tegishli bo‘lgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan, yetkazilgan zarar miqdori hisoblab chiqilmoqda.
“Interfaks” xabariga ko‘ra, avtoturargoh yaqinidan ichida tez alanga oluvchi suyuqlik qoldig‘i bor kanistra topilgan.
Izoh (0)