Saudiyalik shahzodalar qirollikdagi hokimiyatni almashtirishga chaqirmoqda. “RBK”ning yozishicha, ular qirol Salmondan taxtdan voz kechishni, uning ikki merosxo‘ridan esa taxtga da’vo qilmaslikni talab etmoqda.
The Times’ning shahzodalar tomonidan yozilgan uchta ochiq xatga asoslanib qayd etishicha, ikki merosxo‘r Salmonning aqli tobora o‘tmaslashib borayotganidan foydalanib, 79 yoshli qirolni manipulyatsiya qilmoqda.
Hozirgi vaqtda Salmonning jiyani — 56 yoshli Muhammad ibn Nayif valiahd-shahzoda hisoblanadi. Taxtga da’vogarlik navbatida ikkinchi bo‘lib Salmonning kichik o‘g‘illaridan biri — Muhammad bin Salmon tayinlangan.
Izoh (0)