Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy obro‘-e’tibori va qadr-qimmatini himoya qilib, SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovga nisbatan sudga da’vo arizasi kiritdi. Mazkur da’vo Gorbachyovning “Kremldan so‘ng” kitobi chop etilishi bilan bog‘liq. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Jirinovskiyning aytishicha, kitobda uning ekstremistik ruhdagi shiorlari va provokatsiyalarga aloqadorligi to‘g‘risida so‘z borgan. Partiya yetakchisining fikriga ko‘ra, bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Da’vo arizasi 7-sentabr kuni Moskvaning Timiryazev tuman sudida qayd etilgan. Jirinovskiy Gorbachyovdan yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 1 million rubl va chop etilgan ma’lumotlarga raddiya berishni talab qilmoqda.
Izoh (0)