AQShning “Ronald Reygan” aviatashuvchisi 1-oktabr, payshanba kuni Yaponiyaning Yokosuka portiga kelishi kutilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Yaponiya hukumati AQSh harbiy-dengiz kuchlarining uzoq muddat davomida mamlakatda bo‘lishi davlatimiz xavfsizligi, mintaqada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qilishini e’tirof etadi”, — deya ta’kidlanadi Yaponiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, mazkur aviatashuvchi 2011-yili Yaponiyaning sharqiy qirg‘oqlarida ro‘y bergan zilzila va sunami oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etgan. “Ronald Reygan” 18-oktabrda Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlarining 70-yilligiga bag‘ishlangan paradda qatnashish uchun Pusan portiga qarab yo‘l oladi.
Izoh (0)