Fransiya Suriya prezidenti Bashar Asadga nisbatan tergov harakatlarini boshladi. Agence France-Presse’ning Fransiya sud organlaridagi manbalarga asoslanib yozishicha, Asad insoniyatga qarshi jinoyatlarni amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda.
“Gazeta.ru”ning qayd etishicha, avvalroq Bashar Asad Suriya hududida yuz bergan harbiy jinoyatlarni amalga oshirishda ayblanayotgani haqida xabar berilgan edi.
Manbaning ma’lum qilishicha, bunda gap 2011—2013-yillar davomida ro‘y bergan hodisalar haqida bormoqda. Fransiya tomonining tergovi ko‘p jihatdan Sezar laqabli fotosuratchining materiallariga asoslangan — u Suriyada olgan 55 mingdan ortiq suratlari bilan birga 2013-yili mamlakatdan qochgan.
Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusning qayd etishicha, Fransiya kechiktirib bo‘lmas choralarni ko‘rish bo‘yicha “mas’uliyatni o‘ziga olish” haqida qaror qabul qilgan.
Izoh (0)