Yamanda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar va isyonchi xusiylar o‘rtasidagi qurolli nizo natijasida kamida 2355 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi hisobotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
So‘nggi ikki hafta davomida mamlakatdagi jangovar harakatlar sabab 151 kishi halok bo‘lgan. Bu ma’lumot arab koalitsiyasi samolyotlarining Vahidjadagi to‘y marosimiga xatolik sabab bergan aviazarbasi qurbonlarini o‘z ichiga olmagan — birgina o‘sha hujum natijasida 130 kishi halok bo‘lgandi.
BMT oliy komissari boshqarmasi Yaman hukumati va arab koalitsiyasidan o‘rin olgan mamlakatlarni tinch aholi vakillarining o‘limi haqidagi xabarlarni “mustaqil ravishda va hissiyotlardan holi” o‘rganish uchun imkon berishga chaqirmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni boshliq koalitsiya kuchlarining operatsiyasi boshlanganidan beri Yamanda halok bo‘lganlarning umumiy soni qariyb 5 ming kishiga yetgan.
Izoh (0)