Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikada ochiq to‘y liboslari sotuvini cheklashga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“So‘nggi paytlarda kelinlarimiz orasida Yevropaga monand haddan tashqari ochiq ko‘ylaklar kiyish urf bo‘lmoqda. Bu noto‘g‘ri va chechen madaniyatiga umuman xos emas”, — deya ta’kidlagan Qodirov.
U mahalliy to‘y salonlari egalariga milliy liboslar sotuviga o‘tishni maslahat bergan.
Izoh (0)