Rossiya Federal havo transporti agentligi — “Rosaviatsiya” Ukraina aviakompaniyalarini 25-oktabrdan e’tiboran ularning Rossiyaga parvoz qilishi mumkin emasligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Rosaviatsiya”dan ma’lum qilishlaricha, Kiyev, Odessa, Zaporojye va Dnepropetrovskdan Moskva, Sankt-Peterburg va Kaliningradga “Dnepravia”, “Motor Sich” va “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” aviakompaniyalari parvozlarni amalga oshiradi.
Taqiq Rossiya samolyotlarining Ukraina parvoziga nisbatan taqiq bekor qilinguniga qadar amalda bo‘ladi. O‘tgan hafta oxirida Ukraina vazirlar mahkamasi 25-oktabrdan Rossiyaning 25 aviakompaniyasiga Ukrainaga parvoz qilishni taqiqlash haqida qaror chiqargan edi.
“Rosaviatsiya” ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi yo‘lovchi oqimi hajmi 800 ming kishiga yaqin bo‘lib, Rossiya aviakompaniyalari keltirgan hisob-kitoblar bo‘yicha, yo‘lovchilarning 70 foizi Ukraina fuqarolaridir.
Izoh (0)