Ozarbayjon qurolli kuchlari 25-sentabr, juma kuni 1994-yil mayida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi haqida bitim imzolanganidan buyon birinchi marta tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi Mudofaa armiyasiga qarshi artilleriya qo‘lladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” rasmiy Yerevanga tayanib. Boku esa o‘z navbatida, Armaniston tomoni qurol ishlatganini ma’lum qildi.
Armanistondagilar aytishicha, gaubitsadan ochilgan o‘t natijasida to‘rt nafar Qorabog‘ harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, yana o‘n askar jarohat olgan. Armaniston mudofaa vazirligi Ozarbayjon tomonidan bo‘lgan o‘q otishlarga javob qilishga va’da berdi.
Ozarbayjon mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, hujum natijasida bir askar halok bo‘lgan, yana uch nafari yengil yaralangan.
Izoh (0)