Saudiya Arabistonining Makka shahrida ro‘y bergan fojia, shuningdek, bu yilgi haj marosimi chog‘ida bo‘lib o‘tgan boshqa noxush hodisalar tekshirilishi lozim. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 26-sentabr, shanba kuni BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha sammitidagi chiqishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Makkada minglab musulmonlar, jumladan, eronliklar bilan yuz bergan qayg‘uli hodisa munosabati bilan afsusda ekanligimni aytib o‘tmoqchiman. Bu fojiada halok bo‘lganlarning oilasiga chuqur hamdardlik izhor etaman”, — deya so‘z boshlagan Ruhoniy bu yilgi haj marosimida ro‘y bergan mazkur va boshqa voqealar tekshirilishi muhimligini ta’kidlagan.
Eron haj va ziyorat tashkiloti rahbari Said Oxadi Makkadagi fojia Saudiya Arabistoni rasmiylari tomonidan haj ziyorati qoniqarsiz tashkillashtirilgani tufayli sodir bo‘lganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vaziri Xolidi al-Falih Makka yaqinidagi Mino vodiysida yuz bergan tirbandlik oqibatida halok bo‘lganlar soni 769 kishiga yetganini ma’lum qildi.
Izoh (0)