• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Jennifer Lopes 56 yoshda: katolik maktabida o‘qigan, advokatlik firmasida ishlagan va Toshkentda konsert beradigan mashhur xonandaning hayot yo‘li haqida

    Kecha, 24-iyul kuni Jennifer Lopes 56 yoshini nishonladi. Raqqosadan qo‘shiqchigacha, aktrisadan muvaffaqiyatli tadbirkor ayolgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan Jey Lo iste’dod, matonat va o‘ziga ishonch har qanday cho‘qqini zabt etishga yordam berishining timsoli hisoblanadi.

    Bolalik va o‘smirlik davri

          Соцсети

    Jennifer Lopes Nyu Yorkda yashovchi oddiy puertorikalik oilada tug‘ilgan. Uning bolaligi megapolisning markaziy tumanlarida emas, balki shaharning eng xavfli hududlaridan biri hisoblangan notinch Bronksda o‘tgan. Bo‘lajak yulduzning qarindoshlari shou-biznes olamiga aloqador emasdi: otasi dasturlash bilan shug‘ullangan, onasi esa o‘zini uy yumushlariga va farzandlar tarbiyasiga bag‘ishlagan. Biroq bo‘lajak primadonna 5 yoshidayoq qo‘shiqchilik va raqs san’atini o‘rganishni boshlagan.

    “Bolaligimdan hamma narsani bir vaqtning o‘zida qilishni xohlardim: qo‘shiq aytish, raqsga tushish va rollar ijro etish. Myuzikllar olamiga sho‘ng‘ishni yaxshi ko‘rardim”.

    Jennifer Lopesning iste’dodi faqat musiqa va raqs bilan cheklanib qolmagan. Maktab yillarida u opa-singillari bilan katolik maktabida ta’lim olgan, akademik fanlardan tashqari sport bilan ham shug‘ullangan — yugurish, gimnastika va softbol musobaqalarida qatnashgan. Jismoniy faollik qizga kelishgan qomatga ega bo‘lish va chidamliligini oshirish imkonini bergan. Shunga qaramay, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda Jennifer uchun diqqatini chalg‘itishning eng yaxshi usuli cherkov xorida qo‘shiq aytish va maktab teatrida ishtirok etish bo‘lgan.

    Дженнифер Лопес - биография, новости, личная жизнь, фото, видео -  stuki-druki.com

    Jennifer o‘rta ma’lumotni olgach, yuridik kollejga o‘qishga kiradi, ammo bu soha uning qiziqishlariga butunlay yot ekanligini tushunadi. Birinchi semestrni tugatgach, u o‘qishni tashlaydi. Ota-onasi bilan kelisholmay, uydan chiqib ketadi va Manxettenda ijaraga olingan kvartirada yashaydi. O‘zini ta’minlash uchun Lopes kunduzi advokatlik firmasida ishlar, kechalari esa raqqosa bo‘lib ishlardi.

    Vaqt o‘tishi bilan uni teatr vakillari payqab qolishadi va Brodveydagi musiqali spektakllarda qatnashishga taklif qilishadi — tez orada Jennifer Yevropa bo‘ylab olti oylik gastrol safariga jo‘nagan Brodveyning “Golden Musicals” ansambliga taklif etiladi. Biroq xalqaro gastrollarga qaramay, Lopes natijalardan ko‘ngli to‘lmaydi, chunki u yakkaxon ijrochi emasdi.

    Jey Lo kinoda

    Дженнифер Лопес - биография и личная жизнь актрисы

    Jennifer Lopesning kinodagi dastlabki qadamlari uning ajoyib raqs mahoratini namoyish etish imkonini bergan kichik rollarda namoyon bo‘ldi. Haqiqiy professional yutuq “In Living Color” teleshousida ishtirok etishi bo‘ldi. U yerda Lopes ikki yil davomida aktyorlik mahoratini takomillashtirdi.

    Kinodagi birinchi yirik rolini “Qayerdadir” filmida ijro etdi. Ushbu loyiha unga musiqiy tomoshalar bilan bog‘liq bo‘lgan avvalgi obrazlardan tubdan farq qiladigan dramatik qahramonni ijro etish imkonini berdi.

    Kino karyerasidagi eng muhim boshlang‘ich nuqta “Mening oilam” filmida Mariya rolini ijro etishi bo‘ldi. Bu unga birinchi marta kino sohasidagi mutaxassislar e’tiborini jalb qilishga yordam berdi va eng yaxshi ikkinchi darajali ayol roli uchun Independent Spirit mukofotiga nomzod bo‘ldi.

            Кадр из фильма «Селена»

    Lopes bosh rolni ijro etgan “Selena” filmining chiqishi bilan e’tirofning yangi bosqichi boshlandi. U mashhur qo‘shiqchi Selena obrazini ekranda gavdalantirish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun kastinglardan o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Film orqali aktrisa o‘zining aktyorlik qobiliyati haqidagi tanqidchilar shubhalarini ortda qoldirib, iste’dodini namoyon qildi. Ushbu roli uchun u birinchi marta “Oltin globus” mukofotiga nomzod bo‘ldi.

    Haqiqiy yutuq 1998-yilda Lopes Jorj Kluni bilan birga “Ko‘rish maydonidan tashqarida” filmida rol o‘ynaganida yuz berdi. U 1 million dollarlik gonorar olib, bunday moliyaviy natijaga erishgan birinchi Lotin Amerikasi aktrisasiga aylandi.

    Дженнифер Лопес (Jennifer Lopez): сколько лет | Биография и фильмография |  Фото | Песни | Личная жизнь, дети, свадьба с Беном Аффлеком | Новости

    Musiqa sohasidagi shuhratining o‘sishi tufayli Lopes tez-tez romantik komediyalarda bosh rollarga taklif etildi, bu yerda uning mashhurligi tomoshabinlar qiziqishini kafolatlardi.

    2016-yilda u birinchi marta ko‘p qismli loyihada o‘zini sinab ko‘rdi va “Ko‘k tuslar” serialida bosh rolni ijro etdi. U yerda Federal tergov byurosi tomonidan korrupsiya bo‘yicha tergovga jalb qilingan politsiyachi obrazini yaratdi.

            Кадр из фильма «Стриптизерши»

    2019-yilda Lopes “Qaytadan boshla” komediyasida romantik obrazga qaytdi, shuningdek, “Raqqosalar” dramasida asosiy rolni ijro etdi. 2022-yilda aktrisa o‘z shaxsiyatiga moslashtirilgan “Orzumdagi erkak” filmida rol o‘ynadi. 2024-yil may oyida Netflix tomoshabinlarga “Atlas” ilmiy-fantastik jangovar filmini taqdim etdi, unda bosh rol yana Jey Loga nasib etdi.

    Jenifer Lopesning karyera yo‘li turli janrlarni qamrab olgan 40 dan ortiq rollarni o‘z ichiga oladi: yengil romantik komediyalardan tortib og‘ir ruhiy drama va keskin trillerlargacha.

    Musiqa karyerasi

            Соцсети

    Jey Lo qo‘shiqchi sifatida 1999-yilda debyut qilgan bo‘lsa-da, uning musiqa sohasidagi tez rivojlanishi yosh hal qiluvchi ahamiyatga ega emasligini ko‘rsatdi. U san’at maktabiga qatnagan Nyu York metro liniyasi raqami sharafiga nomlangan “On the 6” albomi Amerika Billboardida o‘ninchi o‘rinni egalladi. “If You Had My Love” singli bir necha hafta davomida jahon reytinglarida peshqadamlik qildi.

    Ikki yildan so‘ng chiqarilgan “J. Lo” nomli ikkinchi albom Lopesga yanada kattaroq muvaffaqiyat keltirdi. U nufuzli “Gremmi” mukofotiga bir necha bor nomzod bo‘ldi, ijodi boshqa san’atkorlar bilan hamkorlikda boyidi. Faoliyati davomida u 8 ta albom yaratdi.

    2014-yilda Lopes Braziliyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida Pitbul va braziliyalik qo‘shiqchi Klaudiya Leytte bilan birgalikda turnirning rasmiy qo‘shig‘i “We Are One”ni ijro etib, millionlab muxlislarni hayratga soldi.

    2018-yil kuzida xonanda ispancha “El Anillo” qo‘shig‘i bilan muxlislarni xursand qildi. Klip birinchi kunda 3 milliondan ortiq ko‘rildi, bir yil ichida esa umumiy ko‘rishlar soni chorak milliardga yaqinlashdi.

              Соцсети

    2020-yil Lopes Super Bowl Halftime Show futbol musobaqasidagi chiqishi bilan e’tiborni tortdi. U yerda Shakira bilan hamkorlikda “Jenny from the Block”, “Get Right” va “Waiting for Tonight” kabi hit qo‘shiqlarini ijro etdi.

    2025-yilda Jennifer Lopes “Up All Night: Live in 2025” nomli xalqaro konsert turini boshladi. Bu tur Yevropa mamlakatlari, Osiyo mintaqasi va Afrika qit’asidagi chiqishlarni o‘z ichiga olgan edi.

    Shu yilning 7-avgust kuni jahon yulduzi Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida ham xalqaro konserti doirasida chiqish qiladi. 

    Shaxsiy hayoti

    Jennifer Lopesning shaxsiy hayoti doimo gazeta sarlavhalarida o‘rin egallab kelgan. Yulduz to‘rt marta turmush qurgan va ikki farzandni tarbiyalamoqda.

    Birinchi turmush o‘rtog‘i kubalik Ohani Noa Lopes bilan 1997-yilda tanishgan, ammo ular bir yildan so‘ng ajrashgan. Keyinchalik Noa shaxsiy xatlar va ularning munosabatlariga oid maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kundalikni oshkor qilishga uringan, biroq sud bu materiallarni tarqatishni ma’n etib, uni Lopesga katta miqdorda tovon puli to‘lashga majbur qilgan.

    Хоум-видео Дженнифер Лопес станет достоянием общественности – ФОТО |  1news.az | Новости

    Keyingi tanlov raqqos Kris Jadd bo‘lib, Lopes u bilan 2001-yilda turmush qurgan. Ularning munosabatlari “Love Don’t Cost a Thing” klipi ustida birgalikda ishlash jarayonida boshlangan. Biroq 2002-yilda er-xotin ajralishlarini e’lon qilishgan, bunga Krisning ommaviy axborot vositalarining haddan tashqari e’tiboridan noroziligi sabab bo‘lgan. Lopes Jaddga katta miqdorda tovon puli to‘lagan.

    Первый муж Дженнифер Лопес о ее браке с Беном Аффлеком: «Я желаю им  счастья, но долго это не продлится»

    Lopes uchinchi marta 2004-yilda qo‘shiqchi Mark Entoni bilan turmush qurgan. Bu nikohdan Emma va Maks ismli egizaklar dunyoga kelgan. Biroq o‘n yildan so‘ng ularning munosabatlari yomonlashgan va Lopes nikohni bekor qilish tashabbusi bilan chiqqan, bu esa uning uchun og‘ir sinov bo‘lgan.

    Дженніфер Лопес та Марк Ентоні знову разом (фото) - glamurchik.tochka.net

    “Hech qachon ko‘zim tagi ko‘karmagan yoki labim shishmagan, lekin shunday munosabatlarim bo‘lganki, ularda qandaydir zo‘ravonlikni his qilganman: aqliy, hissiy yoki so‘z orqali”.

    2017-yilda uning beysbolchi Aleks Rodriges bilan munosabatlari boshlandi. 2018-yilda ular unashtirilganliklarini e’lon qilishdi. Biroq 2021-yilda ular ajralishdi, ammo do‘stona munosabatlarni saqlab qolishdi.

              SIPA/Fotodom.ru

    Jennifer Lopes deyarli 20 yil o‘tgach, Ben Afflek bilan yana munosabatlarni tikladi. 2022-yil aprel oyida juftlik unashtirildi va iyul oyida Las-Vegasda nikoh marosimini o‘tkazdi.

    2024-yilda ommaviy axborot vositalari ularning nikohidagi kelishmovchiliklar haqida xabar berdi, ayniqsa Beverli Hillzdagi oilaviy uylarini sotishga qo‘yilishi shov-shuvga sabab bo‘ldi. Iyun oyida OAV ularning ittifoqi buzilayotgani va Afflek Lopesning tug‘ilgan kuniga kelmaganini yozdi.

    Удар в сердце»: Дженнифер Лопес подала на развод с Беном Аффлеком в  годовщину свадьбы

    2024-yil avgust oyida yulduz ajrashish uchun ariza berdi, biroq o‘sha yilning kuzida ularni birga ko‘rishgan, bu esa yarashish ehtimoli haqidagi mish-mishlarni keltirib chiqardi. Rasman ularning ajrashishi 2025-yil yanvar oyida, tomonlar nikohdan oldin sotib olingan mulkni taqsimlash to‘g‘risida kelishuvga erishganlaridan so‘ng yakuniga yetdi.

              Соцсети

    25 iyul, 09:59   Izoh (0)   1551
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.