AQSh prezidenti Baraka Obama mamlakatda mehmon bo‘lib turgan Rim papasi Fransiskka kabutar haykalchasi va Rim-katolik cherkovi tomonidan avliyolar qatoriga qo‘shilgan ilk amerikalik ayol yashagan uy kalitini sovg‘a qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oq uy matbuot xizmatining ta’kidlashicha, taqdim etilgan ikki sovg‘a ham ramziy ma’noga ega. Kabutar xalqaro tinchlik ramzi va nasroniylikdagi timsollardan biri hisoblanadi. Kalit esa butun umrini qashshoqlarga yordam berishga bag‘ishlangan va bundan 40 yil avval cherkov tomonidan avliyolar qatoriga kiritilgan Elizabet Enn Setonning Merilend shtatidagi uyiga tegishli.
Rim papasining AQShga tashrifi davom etmoqda.
Izoh (0)