23-sentabr, chorshanba kuni Nikaraguadagi Telika vulqonining otilishi boshlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Vulqonning birinchi otilishi 20 daqiqa davom etgan, shundan so‘ng yana uchta qisqa muddatga cho‘zilgan otilishlar qayd etilgan. Buning oqibatida havoga kul to‘zoni ko‘tarilib, keyinchalik vulqon etagida joylashgan oltita qishloqni qoplagan.
Telika poytaxt Managuadan 92 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, uning balandligi 1061 metrni tashkil etadi.
Izoh (0)