Makka yaqinidagi Mino vodiysida ziyoratchilarning to‘planib qolishi oqibatida yuzaga kelgan tiqilinch tufayli kamida 150 kishi halok bo‘ldi, 400 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda, Saudiya Arabistoni fuqaro muhofazasi boshqarmasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dastlab mazkur baxtsiz hodisa oqibatida 100 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Qayd etishlaricha, tiqilinch 204-ko‘chada yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda qutqaruvchilar va shifokorlar hodisa joyida ishlamoqda.
Qayd etish joiz, 2015-yilgi Haj mavsumida bundan avval ham baxtsiz hodisa yuz bergandi. Xususan, 11-sentabr kuni Saudiya Arabistonining bosh masjidi — Al-Haram masjidi ustiga qurilish kranining qulashi oqibatida kamida 109 kishi halok bo‘lgan, 230 dan ortiq odam jabrlangan edi.
Izoh (0)