Jizzax viloyatida M-39 “Almati – Bishkek – Toshkent – Termiz” avtomobil yo‘lining viloyat hududidan o‘tgan 47 kilometrlik qismida to‘la ta’mirlash olib borilmoqda. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.
“O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, M-39 avtomobil yo‘lining Jizzax va G‘allaorol tumanlari hududidan o‘tuvchi 982—1017 va 1025—1037-kilometrlari oralig‘idagi ishlar 2015-yil oxiriga qolmasdan yakuniga yetadi.
“Jizzaxavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti direktori Rustam Xoliqovning ma’lum qilishicha, M-39 avtomobil yo‘lining viloyatdagi 950—962-kilometrlari oralig‘ida, ya’ni 12 kilometrlik yo‘ldagi to‘la ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)