Biznesmen Donald Tramp Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga asosiy nomzod bo‘lish uchun o‘zining barcha resurslarini sarflashini ma’lum qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Xususan, u o‘z mashhurligi va moliyaviy imkoniyatlaridan foydalanadi. Tramp Respublikachilar partiyasidagi dastlabki ovoz berish jarayoni (praymeriz)da g‘olib chiqish uchun 100 million dollar yoki undan ham ko‘proq sarflashga tayyor.
Avvalroq Tramp reklama uchun 15 million dollar sarflashga tayyorligini aytgan, biroq qonunda belgilangan talablar sabab bu ishni qilmagan edi. Shuningdek, u mustaqil nomzod sifatida prezidentlik uchun kurashishdan ham bosh tortmoqda.
Izoh (0)