Milliarder Donald Tramp AQSh prezidentligiga saylangudek bo‘lsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan “chiqishib oladi”. Bu haqda Tramp prezidentlikka da’vogarlar bilan debatlarning ikkinchi bosqichi chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
“Men Putin bilan murosa qilishni istardim”, — dedi Tramp Moskvaning Suriya prezidenti Bashar Asadga taqdim etayotgan harbiy ko‘magi bo‘yicha nima qilish kerak, degan savolga javoban.
Tramp Amerikaning amaldagi hukumati chiqisha olmayotgan boshqa dunyo yetakchilari bilan ham kelishib ketishga umid bildirdi. Bunday yetakchilar qatorida u Xitoy va Meksika rahbarlarini ham tilga oldi.
Milliarder fikricha, Putin AQShning hozirgi prezidenti Barak Obamadan farqli o‘laroq, uni “hurmat qiladi”.
Izoh (0)