Britaniyalik dizayner Vivyen Vestvud bosh vazir Devid Kemeronning shahar tashqarisidagi uyi oldida slanetsli gaz qazib olinishiga qarshi namoyish o‘tkazdi. Bu haqda The Independent xabar beradi.
U yerga 74 yoshli dizayner oq rangga bo‘yalgan armiya tankida bordi. “Qishloq aholisining ko‘pchiligi hayratda qoldi. Ularning yo‘lini bir necha marta to‘sib qo‘yganligimizga qaramasdan, ular bizni kulib qarshi oldi”, — deydi dizaynerning matbuot kotibi.
Kemeronning uyi Oksfordshir grafligining Uitni shaharchasida joylashgan. Nashrning ta’kidlashicha, namoyish o‘tkazilgan paytda bosh vazir uyda bo‘lmagan.
Izoh (0)