Prezident Barak Obama AQSh ijroiya hukumatining qonun chiqaruvchi hukumat bilan hamkorlik qilmagan holda Kubaga nisbatan savdo-iqtisodiy embargo rejimini yumshatish huquqini beruvchi vakolatini yana bir yilga uzaytirdi, deya xabar qiladi “TASS” Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.
Bunda gap AQShda 1917-yilda qabul qilingan Dushman bilan savdo-sotiq qilish to‘g‘risidagi qonundan kelib chiqadigan vakolatlar haqida bormoqda.
AQSh ma’muriyati vakili aniqlik kiritishicha, bunda Obamaning qarori ikki yoqlamadir. Bir tomondan, u Amerikaning Kubaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarini yana bir yilga saqlab qolishni bildiradi. Boshqa tomondan, ushbu vakolatlarning uzaytirilishi prezidentni Kuba embargosiga rioya qilish va muayyan oldi-sotdilarga ruxsat berishda maksimal tadbirkorlik bilan ta’minlaydi.
Izoh (0)