Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Biznesmen va AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp NBC telekompaniyasidan “Dunyo go‘zali” go‘zallik tanlovini o‘tkazish huquqini to‘liq sotib oldi, deya xabar bermoqda Tengri News milliarderning Twitter’iga tayanib.

Foto: theodysseyonline.com

Foto: theodysseyonline.com

“Hozirgina ‘Dunyo go‘zali’ning NBC’ga tegishli yarmini sotib oldim va sudga bog‘liq barcha kelishmovchiliklarni hal etdim. Endi 100 foiziga egalik qilaman”, — deb yozdi Tramp. Xarid summasi oshkor etilmayapti.

Bungacha milliarderga “Dunyo go‘zali” tashkilotining yarmi tegishli bo‘lgan, qolgan yarmiga NBC telekanali egalik qilgan. Telekompaniya biznesmenning muhojirlar haqidagi gapi uchun u bilan aloqalarini uzishga qaror qilgach, sudlashishni boshlagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)