Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Osiyo mintaqasida xavfsizlik va taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlovchi yangi tashkilot tuzishni taklif qildi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
“O‘tgan yili Osiyoda hamkorlik, xavfsizlik va taraqqiyot tashkilotini tashkil etishni taklif qilgandim. O‘ylashimcha, bu loyihalar mazkur mintaqada barqarorlikning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqa yo‘llari butun bir ko‘prikka aylanadi”, — dedi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev.
“Biz Falastin va Isroil o‘rtasidagi nizo o‘zining tinch yechimini topishini istaymiz. Afg‘onistonning qayta tiklanishi ham tinch yo‘l bilan amalga oshirilishi kerak, deb hisoblayman, chunki biz bir mintaqada joylashganmiz”, — deya qayd etdi Qozog‘iston prezidenti.
Izoh (0)