Podshoh Nikolay II ning farzandlari qoldiqlari — sesarevich Aleksey va buyuk knyajna Mariya 2015-yilning 18-oktabr kuni Sankt-Peterburgdagi Petropavlovskiy qal’asiga qayta dafn etiladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Sesarevich Aleksey va buyuk knyajna Mariyani tadqiq etish va qayta dafn etish masalalari bo‘yicha idoralararo ishchi guruh jasadlarni Petropavlovskiy soboridagi Yekaterina mehrobiga ko‘chirishni taklif qildi.
Romanovlar oilasi a’zolari birlashmasi vakillari Sankt-Peterburgda bo‘ladigan dafn marosimiga borishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Rossiyaning so‘nggi imperatori Nikolay II, uning turmush o‘rtog‘i Aleksandra Fyodorovna va qizlari Olga, Tatyana va Anastasiyaning jasadlari 1979-yili Yekaterinburg tashqarisidagi Ganina Yama tumanidan topilgan. Har tomonlama tadqiqotlardan so‘ng ular 1998-yili Petropavlovskiy qal’asiga dafn etilgan.
Sesarevich Aleksey va buyuk knyajna Mariyaning qoldiqlari 2007-yili, podshoh oilasi a’zolari ko‘milgan asosiy joydan 70 kilometr uzoqlikdan topilgan. Ekspertiza natijalari jasad aynan sesarevich va buyuk knyajnaga tegishli ekanligini tasdiqlagan.
Izoh (0)