Fransiya, Germaniya, Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi 12-sentabr kuni Berlin chekkasidagi Tegel ko‘li yaqinidagi Borzig villasida bo‘lib o‘tadi. “Yevropeyskaya pravda” xabariga ko‘ra, uchrashuvda Ukraina sharqidagi inqiroz muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, vazirlarning “normandcha format”dagi uchrashuvi sanasi Germaniya kansleri Angela Merkelning 9-sentabr kuni Fransiya prezidenti Fransua Olland, Ukraina rahbari Pyotr Poroshenko va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan olib borgan telefon suhbatlari vaqtida kelishilgan edi.
To‘rt davlat rahbarlarining xuddi shunday formatdagi uchrashuvi esa 2-oktabr kuni Parijda bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)