Islom Karimovning “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra Surxondaryo, Samarqand va Namangan viloyatlarida quvvati 100 MVtga teng quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan, deb yozadi “12news.uz”.
Samarqand viloyatida FES qurilishi o‘tgan yilning ikkinchi yarmida boshlangan bo‘lib, viloyat hokimiyati qurilish uchun 404 gektar yer maydoni ajratdi.
Bugungi kunda hududni qurilishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda, loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangan. FESni “Ulug‘bek” temir yo‘l stansiyasi bilan bog‘lovchi 13 kilometrli yo‘lni kapital ta’mirlash ishlari yakuniga yetib qoldi.
Yangi fotoelektr stansiyasini 2016-yilning to‘rtinchi choragida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan. U har yili 49 million kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.
Izoh (0)