Boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan jahon chempionatida O‘zbekistonning olti nafar vakili raqiblaridan ustun kelib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.
Jumladan, 48 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Halimbek Utegenov moldaviyalik raqibi Vakula Vistorni texnik nokautga uchratib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
9-sentabr, chorshanba kuni yetti nafar o‘zbekistonlik navbatdagi bellashuvlarini o‘tkazadi.
Izoh (0)