“Barselona” Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) talqini bo‘yicha Yevropada yilning eng yaxshi klubi deb topildi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
ECA raisi Karl-Xayns Rummenigge sovrinni “Barselona” direktori Raul Sanlyexiga shaxsan topshirdi. “Barselona” o‘tgan mavsumda Primera, Ispaniya Kubogi va Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.
Kataloniyaliklar ushbu sovringa ikkinchi marta munosib ko‘rilmoqda (birinchisini 2011-yilda qo‘lga kiritilgan edi). Bundan oldin bu mukofotni hech qaysi klub bir martadan ortiq qo‘lga kiritmagan.