O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2018 saralashi doirasida Filippinga qarshi o‘yin o‘tkazib, 5:1 hisobida zafar quchdi. So‘nggi bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2013-yil 18-iyun sanasida bitta o‘yinda 5 ta gol urgandi, deb xabar beradi “Championat.asia”.
O‘shanda Toshkentda Qatarni qabul qilgan O‘zbekiston 5:1 hisobida g‘alabaga erishgan edi. Qizig‘i, o‘sha uchrashuvda ham xuddi kechagidek avstraliyalik Piter Grin boshchiligidagi hakamlar ishlagandi.
O‘zbekiston termasi oxirgi marta 2008-yili safarda bir o‘yinda 5 ta gol urgan. Singapur mehmoni bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi raqibni 7:3 hisobida taslim qilib qaytgan.