Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mamlakat hukmron partiyasi — Liberal-demokratik partiya rahbari etib qayta saylandi. Bu haqda Reuters ma’lumotlariga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Ovoz berish jarayonini o‘tkazishga hojat qolmadi. Chunki Abening yagona raqibasi Seyko Noda saylovoldi kompaniyasi uchun yetarli miqdorda mablag‘ to‘play olmadi.
Sindzo Abe navbatdagi uch yillik muddatga saylandi. U birinchi galda mamlakatning putur yetayotgan iqtisodiyotini tiklash bilan shug‘ullanishga va’da berdi.
Izoh (0)