Shimoliy va Janubiy Koreya Koreya yarim orolining ayrilishib ketgan oilalarini uchrashtirish haqida 2014-yil fevralidan buyon birinchi marta kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” “Ryonxap” agentligiga tayanib.
Yuzta oila uchun mo‘ljallangan tadbir KXDRdagi Kimgan tog‘ida joylashgan kurort hududida 20—26-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Nashr eslatishicha, Koreya yarim orolida 1950—53-yillarda bo‘lib o‘tgan urush tinchlik bitimini imzolash bilan emas, yarashuv bilan yakunlangan va 120 mingga yaqin oilalarni ayirgan edi. 2000-yildan buyon har ikkala tomondan 18 ming nafar oila a’zolarigina uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)