O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan bugun, 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda Filippin sardori Fil Yangxazbendni xavfsizlantirishga harakat qilinishini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda Filippin nashrlariga tayanib, “Stadion.uz” xabar bermoqda.
“Filippin — yaxshi terma jamoa. Men bu jamoaning sardorini ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Agar uni xavfsizlantira olsak, biz o‘z o‘yinimizni qila olamiz”, — dedi Samvel Babayan.
Eslatib o‘tamiz, Filippin — O‘zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. Uchrashuv “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Izoh (0)