Arxeologlar Angliyada yarim doira shaklida joylashgan neolit davriga oid 90 ta toshdan iborat yodgorlikni topdi. Britaniya OAVlari uni ikkinchi Stounxenj deb atamoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Uilshir grafligida, Stounxenjdan atigi uch kilometr narida topilgan toshlar yer ostida, bir metr chuqurlikda yotibdi, ular georadar yordamida aniqlangan. Arxeologlar balandligi 4,5 metrgacha bo‘lgan 30 ta butun tosh va oltmishta bo‘laklarni topgan. Ularning yoshi 4500 yil deb baholanmoqda.
Izoh (0)