Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbaqir provinsiyasida politsiya mashinasi o‘qqa tutilishi natijasida ikki nafar politsiyachi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Politsiya hujumni Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari amalga oshirganini taxmin qilmoqda.
Nashr eslatishicha, Turkiya harbiylari va politsiyachilariga qarshi hujumlar iyul oyida — mamlakat hukumati Suriya va Iroqdagi IShID jangarilariga qarshi kurashayotgan AQSh rahbarligidagi koalitsiyani qollab-quvvatlashini bildirgach, boshlangan edi.
Izoh (0)