Malayziyalik qutqaruvchilar 3-sentyabr, payshanba kuni Malak bo‘g‘ozida ro‘y bergan kema halokati qurbonlari soni 53 kishiga yetganini tasdiqladi. 6-sentabr, yakshanba kunining o‘zida 26 ta jasad topilgan. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Qutqaruvchilar 20 kishiga yordamga kelishga ulgurdi va ular kasalxonalarga yetkazildi. Yaqin orada ular vatani, Indoneziyaga jo‘natiladi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 13 metrli kemada hammasi bo‘lib 70-80 nafar atrofida odam bo‘lgan.
Izoh (0)