Kolumbiya qurolli kuchlarining Meta departamenti o‘tkazgan maxsus operatsiyasi davomida Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari (KIQK)ning to‘rt nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kolumbiya mudofaa vaziri Luis Karlos Vilyegasning ma’lum qilishicha, maxsus operatsiya natijasida to‘rt jangari yo‘q qilingan, uch jangari tan jarohati olgan, 5 miltiq, 7 ta zirhli nimcha, dala anjomlari va aloqa vositalari musodara qilingan.
Halok bo‘lgan jangarilar orasida KIQKning 27-frontini moliyalashtirishga mas’ul bo‘lgan “Flako” laqabli jangari ham bo‘lgan. Qayd etishlaricha, isyonchilarning mazkur fronti so‘nggi 13 yil davomida Granada, Vista Ermosa va Makarena hududlaridagi odam o‘g‘irlashlar va tovlamachiliklarni uyushtirib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, KIQK rahbarlari o‘z jangarilariga 20-iyul kuni o‘t ochishni bir tomonlama to‘xtatish haqida buyruq bergandi. Bunga javoban 25-iyul kuni Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos KIQK qarorgohlariga aviazarbalar berishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma berdi.
Izoh (0)