AQShning Shimoliy Karolina shtati Sharlott shahrida noma’lum shaxs besh kishidan iborat oilaga qarata o‘t ochdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
WSOC-TV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oilaviy bayram vaqtida — oila a’zolari uy hovlisida turgan vaqtda yuz bergan.
Otishma natijasida ikki voyaga yetgan shaxs va bir bola tan jarohati olgan, 9 yoshli qizcha halok bo‘lgan.
Qayd etishlaricha, o‘q uzgan kishi nima sababdan bunday qilgani noma’lum. Hodisa joyida politsiya xodimlari ish olib bormoqda.
Izoh (0)