Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 6-sentabr, yakshanba kuni tongda Vahdat shahriga tashrif buyurdi — ikki kun avval ushbu shahar militsiya bo‘linmasiga qurolli hujum uyushtirilgan edi. Bu haqda “News.tj” xabar bermoqda.

Foto: news.tj

Foto: news.tj

Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rahmon Vahdatda 4-sentabr kuni o‘qqa tutilgan ichki ishlar bo‘limi binosi o‘rniga quriladigan yangi imorat qurilishi uchun tamal toshini qo‘ygan. Shuningdek, Tojikiston prezidenti qurolli hujum natijasida halok bo‘lgan Tojikiston kuch tuzilmalari zobitlari qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Rahmonning va’da qilishicha, militsiya va maxsus bo‘linma xodimlarini o‘ldirgan jinoyatchilar hibsga olinadi va qonun oldida javob beradi. O‘z navbatida, Tojikiston prezidenti jinoyatchilarni qo‘lga olishda Ichki ishlar vazirligiga yordam ko‘rsatgani uchun Vahdat shahri aholisiga minnatdorchilik bildirdi.

“Shu munosabat bilan, ogoh bo‘lish zarurligini yana bir bor eslatib o‘taman. Xususan, ota-onalar, ziyolilar, shuningdek, jamoat arboblari bolalar tarbiyasiga jiddiyroq e’tibor qaratishlari kerak. Hayotimizda kamchilik va qiyinchiliklar ko‘p va biz ularni hal qilish uchun birgalikda harakat qilishimiz kerak”, — deya qayd etdi Tojikiston prezidenti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi