Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Polshada 6-sentabr, yakshanba kuni soliq qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish, Seymga saylovlarda bir mandatli okruglarni joriy etish va siyosiy partiyalarni moliyalashtirish masalalari ovozga qo‘yilgan umumxalq referendumi boshlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: korrespondent.net

Foto: korrespondent.net

Polsha davlat saylov komissiyasi (DSK)ning ma’lum qilishicha, saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan yakshanba kuni soat 6:00 da ochilgan va 22:00 gacha ochiq bo‘ladi. Qayd etishlaricha, referendumni o‘tkazish uchun Polsha budjetidan 90 million zlotiy (taxminan 24,3 million dollar) ajratilgan.

DSK raisi Voychex Germelinskiyning ma’lum qilishicha, komissiya referendum kuni davomida fuqarolarning ishtiroki va ovoz berishning oraliq natijalari haqidagi axborotlarni e’lon qilmaydi, faqat 7-sentabr, dushanba kuni — barcha ovozlar hisoblab bo‘linganidan so‘ng, referendumning yakuniy natijalari e’lon qilinadi.

CBOS jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining so‘nggi so‘rovi ma’lumotlariga ko‘ra, referendumda ishtirok etadigan saylovchilar soni 50 foizga ham yetmasligi mumkin va bu holatda referendum amalga oshmagan, deb hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)