Janubiy Koreya sohilidagi baliq ovlash kemasi halokati qurbonlari soni sakkiz kishiga yetdi, yana bir necha kishi dom-daraksiz yo‘qolgan. Bu haqda Yonhap agentligiga tayanib, "TASS" xabar berdi.
5-sentabr, shanba kechki payt, Chudjado orolidan Xenam uyezdi tomonga suzib ketganidan yarim soat o‘tib kema bilan aloqa yo‘qolgan. Qutqaruvchilar suvdan uch kishini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning aytishicha, hodisa chog‘ida kuchli zarba ovozi eshitilgan, kema motori o‘chib qolib, ichkariga suv kira boshlagan. Shundan so‘ng, kapitan barchaga o‘zini suvga otishni buyurgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, kema kuchli to‘lqinlar tufayli ag‘darilib ketgan.
Ayni paytda halokat joyida qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom etmoqda.
Izoh (0)