Burkina-Fasodan Dakarga tomon parvoz qilayotgan tibbiyot samolyoti Senegaldan g‘arb tomonda yo‘qolib qoldi. “TASS” xabariga ko‘ra, samolyot bortida yetti kishi, jumladan, fransiyalik bemor ham bo‘lgan.
Senegal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Uagadugudagi Senegalair xususiy kompaniyasiga tegishli edi. U Burkina-Fasodan Dakarga uchayotgan edi, radarlar ekranidan esa 5-sentabr, shanba kuni oqshomda, Senegal poytaxtidan 118 kilometr g‘arbda yo‘qolib qolgan.
Samolyotni izlash ishlarida Senegal qurolli kuchlari ham qatnashmoqda.
Izoh (0)