Suriya ichki ishlar vazirligi as-Suvayda shahrida politsiya bo‘limlari va huquq-tartibot idoralari shtabi ishg‘ol qilingani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor etdi hamda shaharda vaziyat tinch ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq “Al-Arabiya” telekanali as-Suvayda shahrida 4-sentabr, juma kuni ro‘y bergan va 36 kishi halok bo‘lishi, 69 kishi yaralanishiga olib kelgan ikki teraktdan so‘ng notinchlik hukm surayotganini bildirgan edi. Asosan tog‘li druzlar yashaydigan bu shahardagi g‘alayonlarga teraktlarda mahalliy shayx Vohid al-Balusning qurbon bo‘lgani sababligi aytilmoqda.
Izoh (0)