Ispaniya shimoli-g‘arbidagi Galisiya muxtoriyatida o‘tkazilgan poygada avtomobil trassadan chiqib ketib, tomoshabinlarga kelib urilishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Halok bo‘lganlar orasida homilador ayol va bola bor. Yana kamida besh nafar bola yaralangan, ulardan uch nafarining holati og‘irligi aytilmoqda. Falokatdan so‘ng poyga to‘xtatildi, ro‘y bergan hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)