Malayziyadagi norozilik namoyishlari “barqarorlik va birlikka putur yetkazayotgani sababli ham” besamardir. Bu fikr, “TASS” xabariga ko‘ra, Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq tomonidan bildirildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday namoyishlar “xalq xohish-istagini bildirmaydi, ayni vaqtda qonunlar va konstitutsiyaga xilofdir”. “Albatta, xalq hokimiyatni saylash huquqiga ega, biroq bu ko‘chadagi norozilik namoyishlari bilan emas, balki ovoz berish orqali amalga oshirilishi kerak”, — dedi Malayziya bosh vaziri.
O‘tgan dam olish kunlari Kuala-Lumpurdagi hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida 300 mingdan 500 ming nafargacha odam qatnashdi. Namoyishchilarning asosiy talabi bosh vazir Najibning iste’foga chiqishidir. Bunga bosh vazirning shaxsiy hisob-raqamlarida qariyb 650 million dollar pul borligi ma’lum bo‘lgani va u korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilinayotgani sabab bo‘ldi.
Izoh (0)