Xitoy Markaziy harbiy kengashi raisining sobiq o‘rinbosari, general-polkovnik Chjan Chjen 3-sentabr, payshanba kuni 101 yoshida Pekinda vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Marhum Xitoyda Qurolli kuchlarni boshqarishning eng yuqori davlat organi hisoblanadigan harbiy kengash raisi o‘rinbosari lavozimini 1992—1997-yillarda egallagan, undan oldinroq Milliy mudofaa universitetini boshqargan edi.
Izoh (0)