Suriyaning As-Suvayda shahri yaqinida 4 sentabr, juma kuni yuz bergan ikki portlash natijasida kamida 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Syrian Observatory for Human Rights tashkiloti rahbari Rami Abdul Rahmonning qo‘shimcha qilishicha, hodisalar natijasida yana 50 kishi tan jarohati olgan.
Qayd etishlaricha, portlash natijasida etnokonfessional ozchilik — druzlarning taniqli yetakchisi Shayx Vohid al-Balus ham halok bo‘lgan — u ham Suriya hukumatiga, ham terrorchilik tashkilotlariga qarshi edi.
Portlashlardan so‘ng shaharda ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib ketgan. BBC News’ning xabar berishicha, olomon Suriyaning amaldagi prezidenti otasi, mamlakatning avvalgi rahbari Hafiz Asadga o‘rnatilgan haykalni ag‘darib tashlagan.
Izoh (0)