Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv vaqtida neft bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha choralarni muhokama qilishni taklif qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Biz bu haqda gaplashib olishimiz mumkin, bizda bu borada ancha yaxshi takliflar bor”, — dedi Maduro. O‘z navbatida, Putin Maduroga ikki mamlakat o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash holati yuzasidan fikr almashishni taklif qildi.
“Ikki tomonlama munosabatlar haqida fikr almashish imkoniyatidan mamnunman. O‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi biroz kamaydi, bu yil esa kamida 25 foizga oshdi. Biz bu holatni tahlil qilib, ish bir maromda ketishi uchun nima qilishimiz kerakligini aniqlab olishimiz kerak”, — dedi Putin.
Ma’lumot uchun, 3-sentabr kuni kunduzgi savdo sessiyalari vaqtida Brent turiga oid bir barrel neft narxi 50,28 dollarga teng edi.
Izoh (0)