Chexiya prezidenti Milosh Zeman Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda jon deb sigareta chekkan bo‘lishini, biroq bunday qilmasligini aytdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Zeman, shuningdek, issiqdan shikoyat qildi. “Shunchalik issiqki, odamlar o‘lib ketyapti”, — dedi Chexiya prezidenti hassaga tayanib muzokaralar zaliga kirar ekan.
Shundan so‘ng u xalqaro aksilterrorchilik guruhini tuzishni muhokama qilishni taklif etdi, biroq bunda jurnalistlar ishtirok etmasligini aytdi.
Nashr eslatishicha, ayni paytda Putin Pekinda tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Izoh (0)