Kanadaning Kvebek provinsiyasida vertolyot halokatga uchrashi natijasida ikki kishi qurbon bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”. Hodisada uch kishi omon qolgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bir erkak va bir ayol halok bo‘lgan. Qolgan uch kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan, biroq ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Bell 206 rusumidagi vertolyot Sept-Il shahridan taxminan 30 km masofada qulab tushgan. Uning bortida uchuvchi va to‘rt yo‘lovchi bo‘lgan.
Izoh (0)