AQShning Iroq shimolida ikki harbiy bazasi mavjud. Bu haqda mamlakatning “Badr” nomli nufuzli shia siyosiy tashkiloti qurolli bo‘linmalari qo‘mondoni Muin al-Kozimiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Ulardan biri Mosul atrofida, yana biri Iroq Kurdistonida joylashgan. Ushbu bazalar nima maqsadda tuzilganini hech kim bilmaydi”, - deya ta’kidlaydi Kozimiy.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bazalardagi amerikalik zobitlar Iroq Kurdistoni rasmiy vakillari va harbiy rahbariyati bilan muntazam aloqa bog‘lagan.
Izoh (0)