GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi va avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 1-avgustdan profilaktik ta’til olganidan so‘ng o‘z ishini qayta boshladi. Bu haqda soha korxonalarini o‘z tarkibiga olgan “O‘zavtosanoat” kompaniyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Agentlik hamsuhbati aniqlik kiritishicha, bayramdan so‘ng barcha korxonalar qaytadan ish boshlagan, barcha korxonalar va konveyer liniyalari keyingi haftada avvalgi rejimda ishlab chiqarishni boshlaydi.
Avvalroq ishlab chiqarishning to‘xtatilishi rejaga ko‘ra bo‘lgani va Asaka avtomobil zavodidagi profilaktik ishlar bilan bog‘liqligi xabar berilgan edi.
Izoh (0)